Yo‘lsozlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari boshlandi

📍Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashabbusi bilan korxona-tashkilotlar ishchi-xodimlari orasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini dastlabki saralash bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi Nukus shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
🛣Yo‘l xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning intellektual bilimini sinovdan o‘tkazish, aqliy salohiyatini mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarida ishtirok etish uchun har bir muassasa ishchi-xodimlardan iborat 6 kishilik jamoa shakllantirilgan. Jamoa tarkibida mutaxassislar, yo‘lni saqlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar va oddiy ishchilar ham bor.
✅Bugun bo‘lib o‘tayotgan “Zakovat” intellektual o‘yini Qoraqalpog‘iston Respublikasi saralash bosqichida tizim korxonalarining 20 ta jamoasi o‘zaro bellashmoqda. Jami 120 nafar ishtirokchilarning 12 nafari xotin-qizlardir.
📌Ishtirokchi jamoalarning har bir a’zosi “Zakovat”da faol ishtirok etib, bilim va tafakkurini sinovdan o‘tkazmoqda.
📍Murosasiz kechgan bahslar natijasida teng ball to‘plagan Amudaryo, Qipchoq, Qorao‘zak, Qoratov va Xo‘jayli jamoalari 3-o‘rin uchun yana bahslashadigan bo‘ldi.