Ko‘priklar yo‘llarning ko‘rki

✅Qashqadaryo viloyati hududida 1285 dona ko‘priklar mavjud bo‘lib, ularning 619 donasi umumfoydalanuv avtomobil yo‘llarida va 666 donasi shahar ko‘chalari va ichki xo‘jaliklararo yo‘llarda joylashgan.

📌2023-yilda davlat dasturlari bo‘yicha umumfoydalanuv yo‘llarida 18 dona, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarida 7 dona, jami 25 dona ko‘priklarda ishlar to‘liq yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarorining 4.13-ilovasida qayd qilingan 5 ta band ijrosini ta’minlash yuzasidan Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan viloyatda 7 dona ko‘prik inshootlarini tiklash ishlari bajarildi.

⚡️ Qarshi, Qamashi, G‘uzor, Mirishkor, Muborak tumanlari umumfoydalanuv avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklarda tiklash ishlari olib borildi.