RASMIY MUNOSABAT

Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmatiga bloger Olimjon Ismoilov tomonidan kelib tushgan tanqidiy video murojaat yuzasidan Mirishkor tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Murojaatda keltirilgan Mirobod MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 4K346 “Jeynov—Qamashi” avtomobil yo‘lining 6—7-km qismlari oralig‘ida haqiqatdan ham uydum-chuqurchalar mavjud. Mazku avtomobil yo‘lida 2024-yilning birinchi va ikkinchi choragi davomida kartasimon hamda uydum-chuqurchalarni yamash ishlari rejalashtirilganligi va belgilangan muddatda ta’mirlash ishlari olib borilishini bildirib o‘tamiz.
Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati