“Taxta Qoracha” dovonida avtomobillar harakati to‘xtatilib, dovon vaqtincha yopildi

Xalqaro ahamiyatdagi M-39 “Almati—Bishkek—Toshkent—Shahrisabz—Termiz” avtomobil yo‘lining 1135—1142-km qismida kuchli qor yog‘ishi kuzatildi.

📌Shu sababli “Taxta Qoracha” dovonida avtomobillar harakati to‘xtatilib, dovon vaqtincha yopildi.

✅Ayni paytda, 35 sm qalinlikdagi qordan avtomobil yo‘llarini tozalash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

⚡️Bu ishga qor kurovchi kamaz, greder, 2 ta tuz sepadigan maxsus texnikalar hamda 168-bo‘limning 15 nafar ishchi-xodimlari jalb qilingan.