
🚦Yo‘llardagi tartib asosan yo‘l belgilariga bog‘liq. Ayniqsa, gavjum ko‘chalar, chorrahalar va piyodalar o‘tish yo‘laklarida svetoforlarning o‘rni beqiyos.
🛣Shu bois, yo‘lsozlar tomonidan davlat ahamiyatiga molik 4R91j “Xonobod qishlog‘iga” avtomobil yo‘lining 4-km qismi, Qarshi shahrining “Yangiobod” MFY ko‘chasi tutashmasida svetofor qurilmasini o‘rnatish va yo‘l chiziqlarini chizish ishlari olib borilmoqda.