Avtomobil yo‘llarining davlat kadastrini yuritishda zamonaviy o‘lchov vositalaridan foydalaniladi

📚Ma’lumki, Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi davlat muassasasida avtomobil yo‘llarining davlat kadastrini yuritish faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

📐Bu borada avtomobil yo‘llarining elektron xaritasini tuzish va hisobini yuritishda zamonaviy o‘lchov vositalaridan foydalanish muhim hisoblanadi.

📌Shuning uchun ham yaqinda markaz mutasaddilari tomonidan elektron taxeometr va GPS qurilmalari xarid qilindi. Ayni kunlarda, ushbu zamonaviy o‘lchov vositalaridan keng foydalanish va ularni ish holatiga keltirish amaliyoti olib borilmoqda.