Olis mahallalarda ravon ko’chalar

🧮 “Ochiq budjet” axborot portalida o‘tkazilgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2023-yil 2-mavsumi davomida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan Koson tumanidagi mahallalarda ham ko‘plab ichki xo‘jalik yo‘llari ravon holatga keltirildi.

✅Jumladan, tumanning “Darcha”, “Ayronchi”, “Yangi O‘zbekiston”, “Ushoqtepa”, “Etak” hamda “Gala” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ichki ko‘chalarga asfalt yotqizilib, aholining yo‘llar bilan bog‘liq muammolariga, notekis va mashaqqatli harakatlanishiga sabab bo‘layotgan holatlarga barham berildi.