Ichki yo‘llar mahalla ko‘rki

🇺🇿“Ochiq budjet” axborot portalida o‘tkazilgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2023-yil 2-mavsumiga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash bo’yicha Qashqadaryo viloyatida jami 74 ta hududdagi ichki xo‘jalik yo‘llari belgilab olingan.

📌Xususan, joylarda bo’lgani kabi “Qashqadaryo mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi tomonidan ham Qarshi shahri “Bunyodkor” mahallasidagi ichki yo‘llarning 2,4 km qismiga, “Qavali” MFY Sog‘lom avlod ko‘chasining 1,4 kilometriga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari yakunlandi.