
⚡️Mahallalarda aholining kayfiyati ichki yo‘llarning ravonligiga ham bog’liq. Ayniqsa, uning qurilishida bevosita ishtirok etishsa yanada zavqli. Prezidentimizning “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori sabab “Ochiq budjet” axborot portalida o‘tkazilgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2023-yil 2-mavsumida chiroqchiliklar chin ma’noda tashabbusni qo‘lga oldilar.
📌Natijada kechagi abgor yo‘llarning qiyofasi bugun butkul o‘zgardi. Jumladan, “G‘allachi” va “Langar” qishloqlari, “Mirzatup” hamda “Yangi qurilish” MFYlari hududidagi 8 ta obyektning 25,6 km uzunlikdagi ichki xo‘jalik yo‘llarida “Qashqadaryo mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi yo‘lsozlari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borildi.
📸Suratlarda manzillarga tegishli ichki yo‘llarning ta’mirlashdan avvalgi va keyingi holati aks etdi.