Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama etildi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori I.Narimov boshchiligida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi J.Tursunov va boshqa mas’ullar ishtirokida yo‘l xo‘jaligi sohasini isloh qilish, sohada erishilgan natijalar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🛣Asosiy e’tibor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son va 25.12.2023-yildagi “2024–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-son qarorlarida belgilangan topshiriqlarni o‘z muddatida bajarilishini ta’minlash hamda boshqa masalalar muhokama etildi.