Yo‘lovchilar uchun ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatildi

🚦Mirishkor tumani “Jeynov” MFY hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R92 “Qarshi—Talliqo‘rg‘on—Jeynov—Pomuq” avtomobil yo‘lining 50-km. qismidagi ko‘prikda nosozlik paydo bo‘lganligi sababli ma’lum masofalar oralig‘iga maxsus yo‘l belgilari hamda sun’iy yoritish moslamalari yo‘lsozlar tomonidan o‘rnatildi.