
Mahalla azal-azaldan tinchlik-osoyishtalik va ahillik ramzi bo‘lib kelgan. Shu bois yurtimizda mahallalarning obodligiga qaratilgan bir qator qaror hamda farmonlar qabul qilingan bo’lib, ularning ijrosi yanada farovon hayotni taqdim etmoqda.
📌Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil, 13-iyundagi maxsus farmoyishiga asosan aholi murojaatlari umumlashtirilib o‘rganildi.
🛣Natijada aholi murojaatlariga asosan Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 151,5 km uzunlikdagi ichki xo‘jalik yo‘llariga asfalt yotqizildi. Qarshi shahridagi 12 ta “Zahokimaron”, “Qarliqbag‘ot”, “Bunyodkor”, “Shayxali”, “Aral”, “Taraqqiyot” va “Xontepa” mahalla fuqarolar yig‘inlarida umumiy 16,5 km. uzunlikdagi ichki yo‘llar joriy ta’mirlandi.