
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022—2026-yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 316-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R79 “Qarshi—Chim—Chiroqchi—
Shahrisabz” avtomobil yo‘lining 0—10-kilometr oralig‘idagi eskirgan yo‘l belgilari yangisiga almashtirildi.