“Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatlarni shakllantirish” mavzusida davra suhbati

Qarshi TYFKda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatlarni shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Korxona yuristkonsulti A.Mardonov tomonidan tashkil qilingan davra suhbati davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun – mohiyati, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishni izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyat sanalmish korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatning huquqiy ongini shakllantirish muhim masala.
Qarshi tumani “Xitoykenti” MFYda Qarshi TYFK yuristkonsulti A.Mardonov tomonidan o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusidagi davra suhbatida ana shu jihatlar tilga olib o‘tildi. Davra suhbatida “Xitoykenti” MFY raisi B.Ahmedov, mahalla profilaktika inspektori, kapitan B.Tojiyev hamda bir guruh mahalla faollari ishtirok etdi.