Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sanaladi.
“Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi huquqiy targ‘ibot guruhi tomonidan Shahrisabz shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari” mavzusida seminar tashkil qilindi.
Unda Shahrisabz shahar prokuraturasi xodimi D.Irisov, Shahrisabz TYFK yuriskonsulti, targ‘ibot guruhi a’zosi M.Ashurovlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan muhim ishlarga to‘xtalib o‘tildi.