
So‘nggi yillar mobaynida xalqaro standartlarga muvofiq yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy avtomobil yo‘llarini qurish, yo‘l harakati qulayligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2023-yilning o‘tgan davri mobaynida Buxoro viloyati hududidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida jami 1890 dona yangi yo‘l belgilari o‘rnatilib, yaroqsiz holga kelib qolgan 2996 ta yo‘l belgilari yangisiga almashtirildi.
Maktablar oldiga tezlikni cheklovchi 460 dona yo‘l belgilari o‘rnatildi.
Shuningdek, 94 dona yo‘nalishlarda dastlabki yo‘naltiruvchi va masofa ko‘rsatuvchi yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatildi.
Bundan tashqari, 5 ta yangi svetofor obyekti qurilib, mavjud 7 tasi qayta rekonstruksiya qilindi. 6 ta yangi piyodalar svetofor obyektilari qurildi.
Viloyat hududidagi umumiy foydalanishda bo‘lgan avtomobil yo‘llarida jami 0,58 km ikki yo‘l yotiq chiziqlari chizildi. Aholi punktlaridagi 27 km avtomobil yo‘llari sun’iy yoritildi. 46 km aholi punktlarida piyodalar uchun trotuar, shuningdek 17 km uzunlikda velosiped yo‘laklari qurildi.
Harakat qatnashchilarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida 8 km. uzunlikdagi avtomobil yo‘llari kengaytirilib, toifasi o‘zgartirildi.
Bundan tashqari, iloyat hududidagi 420 km.dan ortiq umumiy foydalanishdagi, 1300 km.dan ortiq ichki yo‘llar asfaltlashtirildi. 21 ta ko‘priklarda to‘la ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Buxoro shahrining “Oq maschit” va 4R-58 I avtomobil yo‘llari” tutashmasi hamda Buxoro tuman hududidan o‘tuvchi 4R-72 avtomobil’ yo‘lining 2 km qismida yo‘lning geometrik parametrlarini o‘zgartirish orqali tirbandliklarning oldi olindi.
Xalqaro ahamiyatdagi M-37 avtomobil’ yo‘lining Buxoro shahri va Buxoro tuman hududidan o‘tuvchi qismlarida 2 ta yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-noyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora -tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-qarori hamda qo‘shimcha ajratilgan mablag‘lar hisobidan viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda tizim tashkilotlari tomonidan 2023-yil yakuniga qadar piyodalar bilan bog‘liq yo‘l transport hodisasi ko‘p yuz beradigan, aholi zich joylashgan hududlarda jami 6 ta yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
2023-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori esa ushbu ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, navbatdagi vazifalarni belgilab berdi.
Hujjatda «Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda avtomobil yo‘llariga yo‘l belgilarini o‘rnatish, haydovchilarni ogohlantirish uchun tebranish gorizontal chiziqlarini joriy etish singari vazifalar belgilandi.
🔻Bizni kuzatib boring