
“Qashqadaryo yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi” yo’lsozlari tomonidan yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida Dehqonobod tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Almata—Bishkek—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lining 1283 —1291- km qismlarida yo‘l o‘rtasini ajratuvchi beton to‘siqlar hamda yo‘l chetidagi muhofaza to‘siqlari tartibga keltirilmoqda. Mazkur jarayonda korxonaning G‘olibbek Bozorov boshchiligidagi 161- yo‘l bo‘limi ishchi- xodimlari fidoyilik ko‘rsatib hormay-tolmay mehnat qilishmoqda.