
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi PQ-316-son qaroriga asosan Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tgan umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida qator ishlar amalga oshirildi.
🔹Jumladan, yo‘l infratuzilmasini kompleks takomillashtirish yuzasidan joriy yilgi rejada ko‘rsatilgan 5119 dona yangi yo‘l belgilarini o‘rnatish vazifasi 1831 donaga uddalandi. Yaroqsiz holatga kelib qolgan 3500 dona yo‘l belgilaridan 2252 donasi almashtirildi. Maktablar oldida tezlikni cheklovchi rejadagi 300 dona belgilardan 125 donasi o‘rnatildi. Yo‘nalishlarda dastlabki, yo‘naltiruvchi va masofa ko‘rsatuvchi yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish rejasi 1040 donani tashkil etib, amalda 340 dona yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatildi. Shuningdek, hududda 21 dona yangi svetofor obyektlarini qurish ishlari to‘liq bajarildi. Rejadagi 20 dona svetofor obyektlaridan esa 12 donasi rekonstruksiya qilindi. Yangi piyodalar svetofori ob‘yektlarini qurish rejada 19 donani tashkil etib, amalda bu ko‘rsatkich 18 donaga bajarildi. Bitta o‘rinda qayd etilgan piyodalar svetofor obyekti rekonstruksiya qilindi. 0,8 km kavdrat yo‘l yotiq chiziqlarini chizish ishlari 0,60 km kvadrat masofada uddalandi. 26 km masofadagi aholi punktlarida yo‘llarni sun’iy yoritish ishlari olib borilgan bo‘lsa, 10 km masofada piyodalar uchun trotuar qurildi.
2 km masofaga qarama-qarshi yo‘nalishlarni ajratib turuvchi to‘siqlar (BDO5) va temir to‘siqlarni o‘rnatishga erishildi. 0,54 km kvadrat uzunlikdagi yo‘llarning qatnov qismida ta’mirlash ishlari olib borildi.
🔹Shu bilan bir qatorda rejada belgilangan quyidagi ishlar to‘liq tartibda uddalandi. Bunda, 5 ta chorrahalaning geometrik parametrlarini o‘zgartirish yo‘li bilan ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyati oshirildi, 3 ta avtomobil yo‘llaridagi orqaga qayrilib olish joylari “tomchisimon” qayrilib olish joylariga o‘zgartirildi.
🔹Viloyatda rejada belgilangan 1 ta transport vositalarining vazn va hajm ko‘rsatkichlarini nazorat qilish punktlarini tashkil qilish jarayoni amalda to‘liq bajarildi.
🔹O‘z navbatida qarorda ko‘zda tutilgan avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tizimini raqamlashtirish ishlari ham viloyatda namunali tashkil etildi.
Bularga, 2 dona avtomobil yo‘llari va ko‘chalariga qoidabuzarliklarni qayd etuvchi kameralar, 10 ta chorrahalarda qoidabuzarliklarni qayd etuvchi foto va video moslamalari (kameralar) o‘rnatildi.
🔹“Avtomobil yo‘llaridan foydalanish va texnik holatini tahlil qilish markazi” unitar korxonasi tomonidan yo‘l belgilarining o‘rnatilgan joylari aniq ko‘rsatilgan yagona elektron xarita yaratilib, unga 2253 dona yo‘l belgilari kiritildi.
Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati