KO‘KDALA YO‘L QURILISHIDA TUB BURILISH

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanining mavjud resurslaridan samarali foydalanish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, servis va xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, shu asosda aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining «2022 2024-yillarda Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 640-sonli qarori qabul qilingan edi.

Yaqinda «Yo‘l loyiha byurosi» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha asosida davlat ahamiyatdagi 4R84 “Yakkabog‘-Chiroqchi-Sho‘rbozor” avtomobil yo‘lining 67—78- km qismlaridagi Chiyal qishlog‘ini Ko‘kdala markazi bilan bog‘lovchi 11 kilometr uzunlikdagi yo‘lni to‘liq ta’mirlash ishlariga kirishish uchun ramziy qoziq qoqilib, ta’mirlash ishlari boshlab berildi. Tadbirda  Ko‘kdala tumani hokimi X.Djuraev va Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Rahimovlar ishtirok etishdi.

Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati