Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Koreya Republikasi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mita raisining o‘rinbosari Obid Odilov yo‘l xo‘jaligi sohasida o‘z o‘rniga ega SAMAN va KECC kompaniyalarining rahbarlari, Koreya transport universiteti olimlaridan iborat delegatsiya a’zolarini qabul qildi.
Qabul chog‘ida uzoq muddatli bosh reja, boshqaruv yo‘riqnomalari, davlat xususiy sherikchilik yo‘llarini ekspluatatsiya qilish va saqlash sifatini nazorat qilish standartlari hamda salohiyatni oshirish dasturlarini taqdim etish orqali O‘zbekistonda davlat xususiy sherikchilik asosida quriladigan yo‘llar uchun asos yaratish haqida so‘z bordi. Kutilayotgan natijalar davlat xususiy sherikchilik asosidagi yo‘llarni ekspluatatsiya qilish va saqlash bo‘yicha uzoq muddatli bosh rejani ishlab chiqish bo‘lib, tomonlar bu borada muzokaralar olib bordilar.