
❇️ Qashqadaryo viloyatining barcha hududlarida kuz-qish mavsumoldi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. (https://t.me/qashymfuk/31?single) Shuning barobarida, avtomobil yo‘llarida doimiy saqlash ishlarini olib borish uchun qum-tuz zaxirasini yaratish ham qizg‘in kechmoqda.
❇️Qashqadaryo yo’llardan muntazam foydalanish unitar korxonasining 184 — yo’l bo’limi ishchi-xodimlari tomonidan xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan А-378 «Samarqand-G’uzor» avtomobil yo’lining 57-62- kilometrlari oralig’ida 40 tonna qum-tuz aralashmalarini (konus shaklida) joylashtirish amalga oshirildi. Shuningdek, 161-yo’l bo’limi ishchi — xodimlari tomonidan ham xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan М-39 «Alma-Ata-Beshkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo’lining 1306-1315-kilometrlari oralig’ida, 140 tonna qum-tuz aralashmalarini joylashtirish ishlari bajarilib ayni chog’da bu hududda ham saqlash ishlari davom etdirilmoqda