Jarayon. Kasbi_tumani

Yilning har qanday faslida avtomobil yo‘llarida qatnov davom etaveradi. Bu esa yo‘lsozlarimizga mavsumga tayyorgarlik ishlarini jadallik bilan olib borish, qish-qirovli kunlarda ob-havo injiqliklari vajidan yo‘llarda yuz beradigan turli ko‘ngilsiz holatlarni bartaraf etishga jiddiyroq kirishish zarurligini eslataveradi.

Kasbi tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasiga qarashli 4R90 “Qarshi sh.-Beshkent sh.-Qamashi q.-Kasbi sh.-Koson sh.” avtomobil yoʻli hamda 4K322 “Kasbi q.-Komilon q.-Qatagʻon q.” avtomobil yoʻllarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in ketmoqda.
Rejaga binoan qum va tuz zaxiralari belgilangan darajada to‘planmoqda.