MAVSUMGA SHAYMIZ

Dehqonobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi yo‘lsozlari mahalliy ahamiyatdagi 201 km.
avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatibы kelishmoqda.
Ayni chog‘da joriy  kuz va qishki mavsumga tayyorgarlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Buning uchun ko‘priklar, chorrahalar va yo‘lning xavfli burilishlar mavjud qismlarida kattaroq ko‘lamli qumli konuslarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
-Rejada zimmamizda 120 tonna tuz jamg‘arish belgilangan edi, — deydi Dehqonobod TYFUK bosh muhandisi Quvonchbek Bo‘riyev. —
Amalda esa ushbu ko‘rsatkichni 128 tonnaga yetkazib, rejani oshig‘i bilan bajarishga erishdik. Bundan tashqari 400 m3 qum zaxiralari to‘planib,  qishki mavsumga shay holatda konuslar tayyorlanmoqda.
Ob-havo injiqliklari kutib turmaydi. Har qanday favqulotda holatlarga oldindan hozirlik ko‘rib qo‘yish esa koni foyda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qashqadaryo Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati