RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ushbu https://t.me/Kusherbayevga_murojaat/16 telegram kanalida Qashqadaryo viloyati Sovlig‘ar qishlog‘ini bog‘lovchi yo‘lda joriy ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi va bu haqda haydovchilarni ogohlantiruvchi belgilarning qo‘yilmaganligi yuzasidan e’lon qilingan tanqidiy murojaatga Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ushbu murojaatda keltirilgan hudud Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi masʼullari tomonidan o‘rganildi. G‘uzor tumani 4N276 «Yarg‘unchi q.-Sovlig‘ar-q.-Qoratikan q.» avtomobil yo‘lining «Qo‘shtepa‘-Qovchin» 12-14 km. oralig‘ida Qashqadaryo YMFUK tomonidan joriy ta’mirlash ishlari bajarilgan. Mazkur yo‘lda yuk mashinalarining harakatlanishi oqibatida qoplamada siljishlar paydo bo‘lganligi aniqlandi. Ushbu siljishlarni Qashqadaryo YMFUK tomonidan avtomobil yo‘lida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qoplamaning yaroqsiz qismi frezer yordamida kesib olinib asfaltlashga tayyorlab qo‘yilgan edi. Ayni paytda murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan yo‘lning mazkur qismida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirildi va harakatlanish uchun qulay holatga keltirib qo‘yildi.

Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati