
Qashqadaryo YMFUK xodimlari oʻrtasida joriy yilning 23-sentyabr kuni “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatlarni shakllantirish” mavzusida korxona yuridik boʻlimi boshligʻi N. Sodiqov tomonidan davra suhbati oʻtkazildi. .Davra suhbati davomida xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun va mohiyati, korrupsiya va manfaatlar tuqnashuvi haqida tushunchalar berildi. Shuningdek suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining korrupsiyaga bogʻliq boʻlgan mansabdorlik jinoyatlarning mazmun va mohiyati yetkazildi.Korxona xodimlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatlarni shakllantirishda tegishli tavsiyalar berildi. Oʻtkazilgan suhbat davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, ularning fikr va mulohazalari tinglandi. Hozirgi vaqtda korxona xodimlari oʻrtasida qayd etilgan korrupsiyaga qarshi kurash mavzularida targʻibot va tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.