Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

Qarshi tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi davlat mussasasi
yuristkonsulti A.Mardanov tomonidan joriy yilning 22-sentyabr kuni “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatlarni shakllantirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Korrupsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yohud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy navf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, shuningdek, bunday navfni qonunga hilof ravishda taqdim etish.
Qonunda belgilanganidek, korxonalarda ishchi xodimlarga,ayniqsa yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy taʼlim va tarbiyani kuchaytirish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Toʻgʻri ishlab, toʻgʻri yashashga saodatini bolalikdan, yoshlikdan oʻrgangan odam mard va halol boʻladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga hiyonat qilib boʻlmasligini oʻqib-uqqan, poraxoʻrlik va korrupsiyani suisteʼmolchilikka qarshi oʻzida immunitet hosil qilishni yoshlar kelajakda juratli, vijdonli inson boʻlib yetishadi.
Qonunga, tartib qoidalargi xurmat saqlab el-yurtga sadoqat bilan xizmat qiladi. Halol mehnat bilan topilmagan non totli boʻlmasligini, hechkimga buyurmasligini yaxshilik-yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi.

Qarshi tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi hovlisida korxona yuristkonsulti A.Mardonov tomonidan korxona ishchi-xodimlariga “Korrupsiyaga qorshi kurash” mavzusida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.