
Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) hamda IIB rahbariyati hamkorligida Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatlarni shakllantirish hamda diniy ekstremizm to’g‘risida davra sunbati tadbiri tashkil qilindi.Dehqonobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasidagi ushbu tadbirda DXX Dehqonobod tuman bo’linmasi rahbari Sh.Sanaqulov so‘zga chiqib, yig‘ilish qatnashchilarini yuqoridagi mavzu bilan tanishtirib, so’nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohatlar amalga oshirilyotganligi, ayniqsa, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, mamlakatimizda korrupsiyaga munosabatni shakllantirishga bir qator choralar ko’rilayotganligini ma’lum qildi.
Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ilg’or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini tashkil etish bo’yicha choralar ko’rilmoqda.
Masalan davlat organlari va tashkilotlarning faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan, Dehqonobod tuman IIB boshlig’ining birinchi o’rinbosari U.Toshqulov so’zga chiqib davlat xizmatchilari o’rtasida korrupsiyani oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, davlat xizmatchilari uchun tashkil qilinayotgan ta’minot va korrupsiya jinoyatiga belgilangan jazo va uning oqibatlariga alohida to’xtalib o’tdi.
Shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlarni shakllantirish, korrupsiya va unga imkon berayotgan omillarni o’z vaqtida aniqlash va unga o’z vaqtida chek qo’yish davlat va jamiyat hayotining barcha sohalaridagi dolzarb vazifa ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodim halollik bilan korrupsiyaning har qanday ko’rinishiga qarshi kurashish kerakligi, davlatimiz rahbariyati tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga barcha xodimlar o’zining Vatanga sadoqati halol va pok mehnati bilan javob qaytarishi lozimligi to’g’risida tushunchalar berdi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinmi, korrupsiyaga qarshi kurashish uchun choralar ko’rish kerakligi, ko’rrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va jamiyatning birgalikda harakat qilish kerakligi talab etiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda faollik ko’rsatilsagina, ko’zlangan natijani berish mumkin. Shunday ekan korrupsiyaga qarshi kurashda barchamiz birga harakat qilishimiz lozimligi to’g’risida ta’kidlab o’tildi.
Internet va qo’l telefonlarni nazorat qilishni, taqiqlangan saytlarga kirmaslikni, xushyor bo’lishni taklif qildi.
Ijtimoiiy tarmoqlarda har-xil oqimlarga targ’ib qiluvchi video va materiallar tarqatish holatlari uchrab turganligi, bunday materiallarni tarqatmaslik, diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari haqida so’zladi.
Dinni niqob qilib olgan guruhlar ta’siriga tushib qolmaslik uchun ijtimoiiy tarmoqlardagi taqiqlangan diniy materiallarni saytlarda ko’rmaslikni aytib o’tib, shu mavzuda aniqlangan holatda davlat xavfsizlik xizmati ishonch telefonlariga murojjat qilish kerakligi tushuntirilib, kelgusida bu holatlarga yo’l qo’ymaslik yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Korxonada ishchi-xodimlar ongiga tahdid solishga harakat qilayotgan ushbu oqimning ta’siriga tushib qolmaslik uchun har birimiz ogoh bo’lishimiz, yurt tinchligi va xalq faravonligi yo’lida o’z hissamizni qo’shishishimiz, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ma’naviy va mafkuraviy tarbiya usullaridan foydalanish kerakligi to’g’risida tushunchalar berib o’tdi.
Yuqoridagi mavzu yuzasidan so’zga chiqqan Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi direktori B.Murodov hamda yuriskonsul’t M.Xurramovalar ham yuqoridagi so’zlarga qo’shilgan holda o’z fikrlarini bildirdilar.