Kitob tumanida loyiha qiymati 12 milliard so`mga teng bo`lgan ko`prik foydalanishga topshirildi

Kitob tumanimizda so`nggi yillarda keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, ko`p qavatli binolar qad rostlab, yo`llar ravonlashmoqda, yangi-yangi ko`priklar qurilmoqda.

🏗Mazkur ishlar davomi sifatida tumanimizda bugun ham yana yangi ko`prik foydalanishga foydalanishga topshirildi. Mazkur yo`l inshooti M-39 «Toshkent-Termiz» avtomobil yo`lining Qashqadaryo daryosidan o`tgan qismida joylashgan bo`lib, loyihaning umumiy qiymati 12 milliard 235 million so`mga tengdir. Uning uzunligi 72.5 metr, eni esa 28 metrni tashkil etadi.

✅Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Uktam Pardayev boshchiligidagi sektor rahbarlari mas`ullar, mahalla nuroniylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. An`anaga muvofiq, dastlab loyiha bosh pudratchisi hisoblangan Qashqadaryo ko`priklardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Kamol Mahkamovga munosib ehtirom ko`rsatildi. Yakunda keksalar qo`llari duoga ochilib, yurtimizdagi bunyodkorliklarning bosh me`mori hisoblangan muhtaram Prezidentimiz boshchiligidagi barcha mutasaddilar haqqiga ezgu tilaklar bildirishdi.