
Qarshi yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-380 «G‘uzor-Qarshi -Buxoro-Nukus-Beynau» avtomobil yo‘lining 47-60 kilometri oralig‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, avtomobil yo‘llarida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi, atrof begona o‘tlardan tozalandi.