Munosabat

Joriy yilning 6 sentabr kuni “Milliy” telekanalining “Millar” ko‘rsatuvida Qarshi tumani “Chaman” mahallasidan o‘tgan avtomobil yo‘lining ta’mirtalabligi sababli undan ko‘tarilayotgan chang aholining noroziligiga sabab bo‘layotgani hamda mutasaddilardan yo‘lni ta’mirlashda amaliy yordam so‘ralgan video murojaat e’lon qilingan.
Ushbu video murojaat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi shuni ma’lum qiladi.
4K306 “A-380 a/yo‘li(55km) -Qarshi shahar-Gidrouzel-Xudoyzot q” avtomobil yo‘lining 0-7km qismi Qarshi tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi balansidagi yo‘l bo‘lib, avtomobil yo‘lida avtotransport vositalari oqimining keskin oshishi, ta’mirlararo muddatini bir necha bor o‘tab ketganligi (Ushbu yo‘l bo‘lagidagi to‘la ta’mirlash ishlari oxirgi marta 1985yil-1990 yillarda olib borilgan) ikkinchidan, yo‘l o‘qiga tushadigan yuk og‘irligi 13,5 tn va undan ortiq bo‘lgan transport vositalarining muntazam harakatlanishi oqibatida yo‘l qoplamasida olib borilayotgan yengil ta’mirlash ishlarining tez buzilishi va oqibatda ko‘plab nosozliklar vujudga kelishi, Xalqning o‘rinli etirozlariga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli yo‘llarda transport vositalarini xavf-xatarsiz o‘tishi uchun barcha choralar ko‘rib boriladi.
Qashqadaryo viloyati hududidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish uchun 2021 yil noyabr-dekabr oyilarida Viloyat xokimligi, Moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, boshqa vazirliklar va qo‘mitalar rahbarlari ishtirokida ishlab chiqilgan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga asosan 2022-2026 yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturi”ga asosan bosqichma-bosqich ta’mirlanishi bo‘yicha taklif berilgan va sentabr oyida asfaltobeton qorishmasi yordamida chuqurchalar joriy ta’mirlanishini hamda 2024 yilda ushbu yo‘lning 0-7km oralig‘ida ta’mir talab joylari to‘liq asfaltobeton qorishmasi bilan ta’mirlanishi rejalashtirilganligini ma’lum qilamiz.