
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining «2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qarori xalqning chinakam quvonchiga aylanib, Qarshi tumanining barcha hududlarida bu boradagi ulkan amaliy ishlar olib borildi.
Xususan, Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati DUK (direksiya) buyurtmachiligi asosida pudratchi tashkilot “Gidrobionika” MCHJ tomonidan “Parvoz”, MFY ichki ko‘chalariga issiq asfalt qoplamasi yotqizildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 408-sonli qaror doirasida Qarshi tumanidagi “Navbaxor” mahallasida “Sharq”, “Beruniy” va “Paxtachi” ko‘chalari beton qoplama bilan taʼmirlangandi.