
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Gʻuzor tumanidagi mahalla va qishloqlarda amaliy ishlar olib yuborilmoqda.
Tumanning «Qovchin» mahallasining Do‘ng Qovchin, Past Qovchin va Arab qishloqlari aholisiga munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida 4 km.dan ortiq uzunlikdagi ko‘chalarga asfalt yotqizildi.
Ta’kidlash joizki, Prezidentimiz qarorlariga asosan tuman hududini obod qilish, qishloq va mahallalar infratuzilmasi bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo‘llar, elektr energiyasi va ijtimoiy soha ob’yektlarini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar boshlab yuborilgan.