
Joriy yilning 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qishlog‘imiz asfaltini rasvo qilib ketishdi mazmunidagi video murojaat e’lon qilingan.
Ushbu xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi shuni ma’lum qiladi.
Videomurojaatda aytib o‘tilgan yo‘l Chiroqchi tumani «Qizilchovra» MFY ichki yo‘li bo‘lib pudratchi tashkilot “Modernizatsiya maxsus servis” MCHJ tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 iyundagi maxsus farmoyishiga asosan viloyatda aholi bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlar va qabullarda aholining bevosita kayfiyatiga ta’sir qiluvchi muammolarni hal etish maqsadida, Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari viloyat kengashining 2023 yil 19 iyun VI-63-69-4-0-K/23-son qarori bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 1-ilovaga asosan Chiroqchi tumani «Qizilchovra» MFY ichki yo‘llariga asfalt yotqizish belgilangan.
Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari viloyat kengashining qarori 1-ilovasiga asosan obyektning umumiy qiymati 500,0 mln.so‘m, uzunligi 1.0 km bo‘lib, loyiha tashkiloti “Yo‘lloyiha byurosi” MCHJ va pudratchi tashkiloti “Modernizatsiya maxsus servis” MCHJ etib belgilangan.
Pudratchi tashkilot “Modernizatsiya maxsus servis” MCHJ bilan
№ 68-23 sonli shartnoma tuzilgan bo‘lib, qiymati 494.0 mln.so‘mni tashkil etadi, berilgan avans (bo‘nak) miqdori 148.2 mln.so‘m.
Hozirgi kunda obyektning tutash qismidagi kamchiliklar o‘rganilib, pudratchi tashkilot tomonidan 2023 yil 3 avgust holati bilan qurilish ta’mirlash ishlari to‘liq bartaraf qilindi.