Munosabat

Joriy yilning 10 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahar aylanma yo‘lining PK197+75 da joylashgan ko‘prik ta’mirga muxtojligi RASMIY.UZ| telegram kanalida xabari e’lon qilingan.
Ushbu xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi shuni ma’lum qiladi.
Qarshi shahar aylanma yo‘li 29 km uzunlikdagi 4 tasmali avtomobil yo‘lining PK197+75da joylashgan ko‘prik 2014 yilda Qashqadaryo ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan qurilish–montaj ishlari yakunlanib, buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2775 sonli qaroriga asosan “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK buyurtmachiligida Qarshi aylanma yo‘li 2019-2024 yillarda qurilishi belgilangan bo‘lib, SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasiga qarashli “Ko‘prik va yo‘l qurilish boshqarmasi MCHJ tomonidan ta’mirlash ishlari olib borganligi va ta’mirlash ishlari yakuniga yetmaganligi sababli yo‘l foydalanishga topshirilmagan. Ushbu ko‘prikni qatnov qismi temir-beton plitalari loyixa hujjatlarida yuk ko‘tarish qobilyati normalar (NK-80)iga asosan 80 tonnaga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda 100 tonnadan og‘ir yuk ko‘taruvchi texnikalarni harakatlanishi natijasida ko‘prikdagi 6 metrli o‘tish plitalari yaroqsiz holga kelib qolgan. 2022yil 12 yanvar kunidagi 04 sonli xat bilan “Ko‘prik va yo‘l qurilish boshqarmasi” MCHJ direktori Sh. X. Ergashovga SHNQ 2.05.03-12 asosan hozirgi kundagi avtomobillarning kunlik harakatlanish jadaligi va ko‘prik qatnov qismiga tushadigan yuklamalarni inobatga olib, ko‘prikda qatnov qismi loyiha tashkilotlari tomonidan A-14 va NK-100ga asosan ishlab chiqilgan loyihaga asosan joriy ta’mirlash ishlari bajarish lozimligi bildirilganligini va yo‘l ishlari yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshirilishga qadar joriy ta’mirlash ishlari “Ko‘prik va yo‘l qurilish boshqarmasi» MCHJ tamonidan amalga oshirilshini ma’lum qilgan edik.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022yil 12-sentabrdagi 4-1001-2217/3711-sonli hal qiluv qaroriga asosan shartnoma bekor qilinganligi sababli “Ko‘prik va yo‘l qurilish boshqarmasi” MCHJ tamonidan yo‘lda qurilish ishlari tuxtatilgan.
Bugungi kunda Qarshi shahar aylanma yo‘li 29 km uzunlikdagi 4 tasmali avtomobil yo‘lni qurish ishlarini davom ettirish uchun “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK buyurtmachiligida loyiha smeta hujjatlari qayta ishlanib, Tenderda Pudratchi tashkilot aniqlangandan keyin ishlar boshlanishini ma’lum qilamiz.