
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi, Respublika ishchi guruhi vakili Botir Parpiyev boshchiligidagi respublika ishchi guruhi G‘uzor tumanida bo‘ldi.
(https://t.me/guzorpress/23614)Vazir maslahatchisi boshchiligidagi respublika ishchi guruhi ijtimoiy-iqtisodi og‘ir bo‘lgan «Eshonquduq» mahallasi Eshonquduq qishlog‘ining ichki yo‘llarini taʼmirlash, qurilish-obodonlashtirish, ichimlik suvi, elektr va gaz taʼminotini yaxshilash, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda kam taʼminlan xonadonlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar kabi masalalarda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, ularga ko‘maklashmoqda.
Respublika ishchi guruhi vakilining G‘uzor tumaniga tashrifida tuman sektor rahbarlari, viloyat tashkilot rahbarlari va tegishli masʼullar hamrohlik qilishdi.