
Tumanning qo‘shni davlat bilan chegara hududida joylashgan “Oqirtma” mahallasining “Oqirtma”, “Xo‘japullast”, “Zog‘cha ota” qishloqlaridagi ichki tuproq yo‘llar shag‘allashtirilmoqda. Reja asosida 12 kilometr tuproq yo‘l shag‘allashtirilishi mo‘ljallangan bo‘lib, hozirga qadar yo‘lning 4 kilometri ta’mirlangan va qolgan 8 kilometrni ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Ushbu mahallada yo‘l ta’miri bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tuman mas’ullari hamrohligida Respublika ishchi guruhi mas’uli B.Parpiyev hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sh.Nisbatxonov tomonidan ko‘zdan kechirildi.