Nishon tumanidagi «Balxiyak» mahallasida keng ko‘lamda ishlar amalga oshirilmoqda

Xabaringiz bor, 13-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining maslahatchisi Botir Parpiyev, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Alisher Amirov, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Alisher Qodirov tomonidan «Balxiyak» mahallasida nuroniylar, ko‘chaboshilari hamda faol fuqarolarning murojaatlari, takliflari tinglangani haqida xabar bergan edik.

Shu bois, кеча, 14-iyun kuni «Balxiyak» mahallasida fuqarolarning ichki yo‘llarni ta’mirlashda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatini ijobiy hal etish maqsadida mahallada keng ko‘lamda ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilib, mahallaning 2,5 km ichki yo‘llari shag‘allashtirildi.
Bu jarayonda Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi korxonalarining 40dan ziyot maxsus texnika vositalari, hamda 120 dan ziyot ishchi kuchi jalb qilindi.

Bugun 15 iyun kuni «Balxiyak» mahallasida erta tongdan shag‘allashtirish ishlari boshlab yuborildi, rejada 3,5 km ichki yo‘llari shag‘allashtiriladi.