Dehqonobod tumanida “Yangi O’zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitusiya!” mavsusida huquqiy targ’ibod tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi yuriskonsu’ti M.Xurramova, korxona xodimlari hamda Dehqonobod  tuman mahalliy aholi, yoshlar ishtirok etib 2023- yil 30-apreldagi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy  qonunini  2023- yil 1-maydagi 1245-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1 maydan kuchga kirganligi munosabati bilan o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitusiyasi 2023-yilning 1-may kunidan rasman kuchga kirdi. Yangi Konstitusiya 6-ta bo’lim, 27- ta bob, 155-ta moddadan iborat.

Yangi Konstitusiya mamlakat hududida oliy yuridik kuchga ega bo’lib, to’g’ridan  to’g’ri  amal  qilishi,  Sudlar  va barcha  davlat  idoralari  Yangi

Yangi Konstitusiyaga ko’ra, ish yuritishi va qarorlar qabul qilishi va boshqalar to’g’risida so’z bordi.

 

Yangi Konstitusiya umumxalq ovozi bilan qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Yangi Konstitusiyasida xalq hokimyatchiligiga xalq hokimiyatchiligiga oid eng muhim 5 ta norma

O’zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo’lgan davlatligi,

Fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini bosharishda bevosita hamda o’z vakillari rqali ishtirok etish huquqiga egaligi

Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir

Jamiyat va davlat xayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etilishi, va hakazolar belgilangani to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishiga, sog’lig’ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo’lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitla yaratishi belgilab qo’yilgan.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

     Yangi Konstitusiya umumxalq ovozi bilan qabul qilingan bo’lib, biz kabi yuriskonsul’tlar uning targ’iboti va amalda har bir normasining faol ishlashi uchun bel bog’lab qattiq ishlaymiz. Bu bizning faoliyatimizda alohida yo’nalish bo’ladi deb oy’layman.