Munosabat

M-39 avtomagistralining Yakkabog‘ tumani Yangiobod qishlog‘idan o‘tgan qismidagi hamda «Guliston» mahallasidagi ko‘prikda o‘pirilish yuz berib, transport vositalarining harakatiga xavf tug‘dirayotgani haqida video murojaat e, lon qilingan.
Ushbu xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi shuni ma’lum qiladi.
Yakkabog’ tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi balansidagi 4K319 “Tanxoz-Yakkabog’-Esat-Qozoq” avtomobil yo’lining 22-23 kilometr oralig’ida Gabbariti 12,0+2x(0,25+0,60+0,25), uzunligi 15m 9t yuk ko’tarish qobiliyatiga ega ko’prik mavjud bo’lib, ushbu ko’prik 1981 yilda qurilgan. Hozirgi kunda ushbu ko’prik og’ir yuk avtomobillari qatnovi oqibatida ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21-22-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari bo’yicha tuzilgan №35-sonli yig’ilish bayonida ushbu ko’prik 2023-yil qayta qurish dasturiga qo’yilganligini ma’lum qilamiz.

Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari
MATBUOT XIZMATI