YO‘L RAVON YURT FAROVON

Mamlakatimizning boy va qadimiy tarixidan ma’lumki,ajdodlarimiz tomonidan mahallalarni obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarni amalga oshirish eng bebaho qadriyat va ananalardan hisoblanadi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Obod qishloq”va “Obod mahalla” davlat dasturlari esa mazkur qadriyatlarimizning izchil davomi sifatida muxim ahamiyat kasb etadi.

Joriy yilda Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati DUK (direksiya) buyurtmachiligi asosida pudratchi tashkilot «Shayxali yo‘l qurilish va ta’mirlash» MCHJ korxonasi tomonidan «Obod qishloq» dasturi Zaxira ko‘chalari doirasining Ko‘kdala tumani Annaro‘z MFYda olib boriladigan ishlar qizg‘in davom etmoqda.

Hozirgi kunda Annaro‘z MFYda dastur doirasida 5 km Asfaltobeton yo‘l ichki xo‘jalik yo‘llari manzilli dasturga kiritilgan bo‘lib, hozirda shundan 2,5 km asfaltobeton aralashmasi yotqizilib tamirlandi va mahallaning qolgan ko‘chalarida joriy ta’mirlash ishlari davom etmoqda