
Xalqimizda Yo‘l qurish savob! degan naql bor chunki kichik bir yo‘lni qurish yoki ta’mirlash orqali qanchadan – qancha odamlarning mushkuli oson manzili yaqin bo‘ladi. Ayniqsa so‘ngi yillarda olis hududlarda olib borilayotgan o‘zgarishlar odamlar hayotiga yangicha mazmun olib kirmoqda.
Xususan Chiroqchi tumanida “Obod qishloq” dasturi doirasida ko‘plab mahallalarda qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunlarda “Obod qishloq”dasturi doirasida Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati DUK (direksiya) buyurtmachiligi asosida pudratchi tashkilot Mega Planeta Servis MCHJ tomonidan Chiroqchi tumani Mustaqillik MFY “Tadbirkor” 24 koʻchasining 2,1 km qismida semento beton yotqizish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.