“OBOD QISHLOQ” DASTURI IJROSI DAVOM ETMOQDA

Viloyatimizda «Obod qishloq» dasturlari doirasida ko‘plab mahallalarda qurilish va ta’mirlash ishlari jaddalik bilan olib borilmoqda.

Xususan Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati DUK (direksiya) buyurtmachiligi asosida pudratchi tashkilot MMK-413 MCHJ, Mega Planeta Servis MCHJ, Asfaltobeton XK tomonidan «Obod qishloq» dasturi doirasida Yuksalish MFYda olib boriladigan ishlar qizg‘in davom etmoqda

Aytib o‘tkanimizdek Koson tumani Yuksalish MFYning bir qator ko‘chalarida asfaltobeton va qum-shag‘al aralashmasi yotqizilib ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan edi. Ayni kunlarda Yuksalish MFYning “Beklar” ko‘chasida ham 1,18 km yo‘lda asfaltobeton yotqizish ishlari bajarildi.

Hozirda mahallaning qolgan ko‘chalarida joriy ta’mirlash ishlari davom etmoqda.