Тarg’ibot guruh a’zosi “Dehqonobod tumani yo’llardan foydalanish” korxonasi davlat muaassasasi yuriskonsul’ti M.Xurramova tomonidan davlat muassasa xodimlari ishtirokida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Tashkil etilgan targ’ibot tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni mazmun mohiyati hamda korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirishga oid ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar batafsil tushuntirildi.
Tadbir davomida amaliy tavsiyalar berilib, xodimlar o’rtasida huquqiy ong va mas’uliyatni oshirish bo’yicha ishlar rejalashtirildi.
Davlat muassasa faoliyati davomida Qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga qatiiy rioya etilishini ta’minlashga barcha birdek javobgar ekanligi, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilovchi normativ-huquqiy xujjatlar haqida tushunchalar berildi.

