Yangilanayotgan hudud

Dehqonobod tumanining Mirzo Ulugʻbek koʻchasi toʻliq asfaltlanib zamonaviy shaharsozlik talablariga moslashtiriladi.

📍Тumanning “Doʻstlik”, “Istiqlol” va “Nodira” mahallalaridan oʻtuvchi markaziy Mirzo Ulugʻbek koʻchasida infratuzilmani yaxshilash, shaharsozlik talablari asosida zamonaviylashtirish hamda ushbu yoʻnalishni 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi qulay va xavfsiz ko‘chaga aylantirish maqsadida qurilish-taʼmirlash ishlari boshlandi.

🖥 Loyiha doirasida ko‘cha Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasiga burilishdan tuman davlat xizmatlari markazi binosigacha boʻlgan oraliqda, tuman hokimligi va istirohat bog‘i yonidan o‘tuvchi 3 kilometrlik ichki markaziy yoʻl asosida to‘liq qayta rekonstruksiya qilinadi.

☄️ Tez kunlarda, qurilish ishlari doirasida yo‘l yangi asfalt qoplamasi bilan qoplanadi.

✔️  Piyodalar yo‘lakchalari qurilib, suv latoklari,tungi yoritgichlar o‘rnatiladi