
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Tursunov Jamshid Yunusovich «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi» faxriy unvoni bilan,
🇺🇿Andijon viloyati yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi avtogreyder haydovchisi Tashmatov Tajidin Satvoldiyevich «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandilar.
🇺🇿 Davlatimizning yuksak unvonlari bilan mukofotlangan hamkasblarimizni Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz. Kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.