“Hisorak-G‘elon” qishlog‘iga olib boruvchi yo‘l ikki tasmali qilib qayta quriladi.

So‘ngi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar tufayli hududlarda, xususan, Qashqadaryoda ham barcha sohalarda ulkan o‘zgarish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

🗺 Viloyat rahbari Murotjon Azimov boshchiligida mutasaddi rahbarlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda vohada amalga oshiriladigan qator loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.

◾️ Taqdimotda,Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i Bekzod To‘rayev ishtirok etdi.

🛣 Vohaning yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga oid loyihalar ham muhokama etildi.

➡️ Quvonarli xabar: Shahrisabz tumanidagi “Hisorak -G‘elon“ qishlog‘iga olib boruvchi 24 km uzunlikdagi ichki xo‘jalik yo‘lini III-toifaga moslab ikki tasmali qilib qayta qurish ishlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun 5 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.