Taqdimot

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida reja-jadval asosida taqdimotlar davom etmoqda.
🗺Yo‘l xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini aniqlash, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, loyihani ishlab chiqishda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida kredit mablag‘larini jalb qilishda ishtirok etish, tender savdolari natijasida g‘olib bo‘lgan pudrat tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar rasmiylashtirilishini tashkil qilish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita shug‘ullanadigan “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi «AVTOYO‘LINVEST» agentligi» Davlat muassasasi o‘tgan 2023—2024-yillarda amalga oshirgan loyihalari sarhisobi va 2025-yilda bajarishi kutilayotgan ishlar rejasi bo‘yicha ma’lumotlarni, mavjud muammolar hamda takliflarini taqdim etmoqda.
Taqdimot davomida loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, pudratchi tashkilotlar tomonidan yo‘l xo‘jaligi sohasi normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini tahlil qilish, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni o‘z vakolati doirasida bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.