
Yurtimizda so‘nggi yillarda yo‘lsozlik sohasini rivojlantirish, yo‘llarni xalqaro talablar darajasiga keltirishga alohida e’tibor qaratilyapti. Yo‘lsozlar tomonidan zamonaviy yo‘l, yo‘l o‘tkazgich, ko‘prik, piyodalar uchun yerosti va yerusti yo‘llari bunyod etilayotgani aholining uzog‘ini yaqin qilib, harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Ana shunday bunyodkorlik ishlarida yo‘lsozlarning ham munosib mehnati bor.