Jarayon

Ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda.

📣 Qarshi shahridagi “Neftchilar” mahallasiga qarashli El, Kimyogar va To‘dabog ko‘chalarining bir yarim kilometr qismi “Tashabbusli budjet” dasturiga ko‘ra asfalt qilinmoqda. Mazkur yo‘llar dasturning 2024-yil ikkinchi mavsumi doirasidagi mablag‘lar evaziga bosqichma-bosqich amalga oshirilayapti.