Rasmiy munosabat

https://www.facebook.com/permalink.php?story_fbid=pfbid08Y8LJixkogixzquM1iKT1ot89zQrRbXmyXfUkjneqBWmQcVex88rXc3tCv4dBF1Fl&id=100021335324057

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Dehqonobod tumani hokimi ishlaydimi o‘zi?” sahifasi ostidagi mazkur murojaatga Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Mazkur yo‘l Dehqonobod tumani Qarashina shaharchasi  hududidan o‘tgan M 39 “Almati – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” avtomobil yo‘li bo‘lib, xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 1283—1286- kilometrlari oralig‘ida og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tinimsiz  harakatlanishi, yogʻingarchiliklar, qoplamada har xil hajmda siljish, yemirilish, sinish, buylama va kundalang yoriqlar paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Mazkur nosozliklar nazoratga olingan.Qashqadaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilayotganligini hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz.